Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzilalar hududida 341 kishi hibsga olindi
Zilzila hududida o‘tkazilgan tergovlar chog‘ida huquq-tartibot idoralari xodimlari 341 kishini hibsga oldi.
Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi zilziladan vayron bo‘lgan binolarni qurishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar tergovi doirasida 160 nafar gumondor qo‘lga olindi. Shuningdek, zilzila hududida o‘g‘irlik, talonchilik ishi bo‘yicha qo‘lga olinganlar soni 181 nafarga yetdi. Bu haqda TRT xabar berdi.
Bosh prokuratura tomonidan 11 viloyatda zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarni qurish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar doirasida 564 nafar gumondorning javobgarligi aniqlandi. Ulardan 18 kishi hibsda saqlanmoqda, 11 nafar gumonlanuvchining o‘lgani aniqlangan. Tergov jarayonida 6 nafar gumonlanuvchi xorijda ekani ma’lum bo‘lgan, 62 nafar gumonlanuvchi ko‘rsatma berganidan keyin qo‘yib yuborilgan.
Viloyatlarda sodir etilgan o‘g‘irlik, talonchilik va firibgarlik holatlari bo‘yicha 181 nafar gumondor qo‘lga olingan. Umumiy hisobda, bu jinoyatlarga bog‘liq 351 ta hodisa yuzasidan 282 nafar gumondor aniqlangan. Ushbu gumondorlarning 181 nafari hibsga olingan, 35 nafari esa sud nazoratiga olingan.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilzila hududida o‘g‘rilik, talonchilik bilan shug‘ullanayotganlari jazolashga va’da berib: «Biz favqulodda holat e’lon qildik. Bu shuni anglatadiki, bundan buyon talonchilik yoki odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar davlatning mustahkam qo‘li yelkasida ekanini bilishi kerak», degan edi.
Mavzuga oid
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
10:04 / 10.03.2026
Ikki oyda 45 ta jinoiy guruh fosh etildi
19:27 / 09.02.2026