Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudlanganlik muddati o‘tib ketgani haqida ma’lumot olish osonlashadi
Prezidentning 23 mart kuni imzolangan qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 sentabrdan boshlab sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlarni olish jarayoni soddalashtiriladi.
1 sentabrdan boshlab:
a) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;
b) sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.
Bundan oldin ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jarima to‘lash tizimi soddalashtirilishi xabar qilingandi.
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
23:00 / 01.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
11:31 / 17.03.2025
Toshkentda 15 mingdan ortiq kishining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘gan jinoiy guruh ushlandi
10:30 / 25.10.2024