Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila: sifatsiz qurilishda gumonlangan 325 kishi hibsga olindi
Qahramonmarashdagi zilzilada vayron bo‘lgan binolar bilan bog‘liq tergovlar doirasida qo‘lga olinganlar soni 325 kishiga yetdi. Jami 1552 nafar gumonlanuvchiga nisbatan chora ko‘rilgan.
Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ ma’lum qildi, deya xabar beradi TRT Haber.
«Daliliy ashyolar to‘planganidan so‘ng vayronalar tozalandi, tergov harakatlari faol olib borilmoqda. Zilzila paytida vayron bo‘lgan binolarni tekshirish doirasida 1552 nafar gumondorga nisbatan chora ko‘rildi. Ulardan 325 nafar gumondor qo‘lga olindi. 566 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sud nazorati qarori chiqarilgan, 355 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan», dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt gumonlanuvchi xorijga qochib ketgan va Adliya vazirligi ularni ekstraditsiya qilishni so‘ragan.
Vazir Bo‘zdag‘ning ta’kidlashicha, vayron bo‘lgan barcha binolarning bo‘laklari dalil yig‘ilganidan so‘ng olib tashlangan. Shu bois, vayron bo‘lgan binolarni qurishning har bir bosqichida xato va beparvolikka yo‘l qo‘ygan aybdorlarni jazolash uchun barcha zarur choralar ko‘riladi.
TRTHABER telekanaliga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida Antakiyaning Guzelburch tumanida qulagan, 1,2 mingga yaqin odam halok bo‘lgan 600 xonadonli 600 Evler Sitesi turar joy majmuasining qurilish pudratchisi ham bor.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026