Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldova Tatariston rahbariga mamlakatga kirishga ruxsat bermadi
Mash Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Rustam Minnixonov Moldovada «nomaqbul shaxs» deb e’lon qilingan, uning samolyoti Kishinyovdan Rossiyaga qaytishga majbur bo‘lgan.
Moldova hukumati Tatariston rahbari Rustam Minnixonovni mamlakatda «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi va respublikaga kirishini taqiqladi, deb xabar berdi Mash Telegram-kanali 17 aprel, dushanba kuni.
Xabar mualliflariga ko‘ra, Minnixanov Moldova Gagauziyasiga «Xalqlar do‘stligi – 2023» xalqaro xalq diplomatiyasi kongressiga uchishni rejalashtirgan. Moldovada siyosatchiga hamrohlik qilgan «Ak-Bars» holding kompaniyasi rahbari Ivan Yegorov ham «nomaqbul shaxs» deb tan olingan, u va Tatariston rahbari bo‘lgan samolyot allaqachon Kishinyovdan Rossiyaga qaytib kelgan, deb yozadi Mash.
Ayni paytda, «Interfaks» axborot agentligi Moldova chegara politsiyasi matbuot kotibi Raisa Novitskiyning so‘zlarini keltirdi. «Tatariston delegatsiyasining kelishi Moldova hukumati bilan kelishilmagan va Gagauziya muxtoriyati ma’muriyati xalqaro forum o‘tkazishni rejalashtirmagan», dedi u.
Ayni paytda Gagauziyada muxtoriyatning yangi boshqonini (rahbarini) saylash uchun saylov kampaniyasi davom etmoqda. Saylovlar 30 aprelga belgilangan. Ularda 8 nafar nomzod ishtirok etadi. Ularning har biri rossiyalik siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda, chunki Gagauziya Rossiya bilan yaqinlashish tarafdori, deb eslatadi «Interfaks».
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
11:44 / 30.01.2026