O‘zbekiston | 18:42 / 23.06.2023
11335
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkiya bilan harbiy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi

23 iyun kuni O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov va Turkiya Milliy mudofaa vaziri, armiya generali Yashar Gyuler o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Yashar Gyuler / Foto: Anadolu Agency

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, suhbat davomida general-leytenant Bahodir Qurbonov Yashar Gyulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan hamda uni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif qilgan.

Shuningdek, muloqotda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishdi.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid