O‘zbekiston | 08:49 / 23.06.2023
10133
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki ko‘magida rivojlanayotgan korxonalarga press-tur uyushtirildi

Xalq banki moliyaviy ko‘magida o‘z biznesini rivojlantirayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand viloyatida press-tur tashkil qilindi.

Foto: Xalq banki

Xalq banki moliyaviy ko‘magida o‘z biznesini rivojlantirayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand viloyatida press-tur tashkil qilindi.

Xalq banki tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Moliya muassasasida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali bandlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Past Darg‘om tumanidagi “SAMPLASsERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ham bunga misol bo‘ladi. 2008 yilda faoliyatini eshik-deraza yig‘ish ustaxonasi sifatida boshlagan mazkur obekt bugungi kunda metall eshik va deraza romlari ishlab chiqarish bozorida yetakchiga aylanib bormoqda. Korxonadagi zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish jarayonlarida kompaniyaning keng texnologik imkoniyatlarini ta’minlamoqda.

Korxona bugungi kunda “BIKO PVC” brendi ostida PVX profillar, deraza va eshik romlari kabi mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlar Germaniya va Turkiyadan keltirilgan sifatli xomashyodan tayyorlanadi.

Zamonaviy uskunalar sotib olish hamda faoliyat ko‘lamini kengaytirish maqsadida Xalq bankidan qariyb 800 mln so‘mlik kredit mablag‘i ajratilgan mazkur korxonaning bugungi kundagi yillik daromadi 46 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Korxona 120 ga yaqin kishini ish bilan ta’minlagan.

Press-tur ishtirokchilari Samarqand tumanidagi Konigil turizm markazida bo‘lib, mazkur bank ko‘magida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan hunarmandlar ishi bilan ham tanishdilar.

Oilaviy tadbirkor Dilfuza Razzoqovaning aytishicha, ota-bobolari milliy sandiqsozlik bilan shug‘ullanib kelgan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida Xalq bankidan 33 million so‘m imtiyozli kredit olgan. Hozirgi kunda hunarmandchilikning bir necha turi bilan shug‘ullanib keladi. Dastlab olti nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugunga kelib oltmishdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Xalq banki har jabhada tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga tayyor O‘zbekistonning birinchi banki hisoblanadi. Birgina 2023 yilning o‘tgan davrida Samarqand viloyatining o‘zida mazkur bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 336 milliard so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Ushbu mablag‘larning salmoqli qismi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, faoliyatni kengaytirish uchun yo‘naltirilgan.

Jurnalist va blogerlar press-tur doirasida Xalq banki tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, iqtisodiy salohiyatini mustahkamlab olgan bir qator tadbirkorlar, oilaviy korxonalar faoliyatiga guvoh bo‘ldilar.  

www.xb.uz

Aloqa markazi: 71 2102002 | 1106

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid