Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasi Fransiyaning shakar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Sucden kompaniyasi xalqaro savdo bo‘yicha direktori Rafael Verle va kompaniya vakili Jorj Ivanov bilan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Fransuz tomoniga O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, shu jumladan O‘zbekistonga sarmoya kiritib ishlab chiqarishni tashkil etuvchi kompaniyalarga 5 yilgacha soliqlardan ozod etish, olib kirilayotgan asbob uskunalarga bojxona to‘lovlarini bekor qilish va transport xarajatlarida qo‘shma to‘lovlar amalga oshirilishi imkoniyatlari borligi yetkazildi.
O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish va kakaoni qadoqlash masalalarida hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish borligi va ushbu yo‘nalishda fransuz tomoni bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga tayyorlik bildirildi.
Sucden kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish va kakaoni qayta qadoqlash masalalarida hamkorlik o‘rnatishga o‘zbek tomonining qiziqishi uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida Sucden kompaniyasi vakillarini joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish va safar chog‘ida tegishli vazirlik va idoralarda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etish maqsadida uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024