Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada dron qulashi va matbuot anjumanidagi rossiyalik asirlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 541-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- WSJ AQSh Turkiyani Rossiyaga cheklovlarni aylanib o‘tishda yordam berayotgan turk kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishning «real xavfi» haqida ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berdi.
- Ukraina rossiyalik oligarx Mixail Fridmanni 700 million grivnani ofshorlarga olib chiqib ketishda aybladi.
- Moskva markazidagi «Eksposentr» hududiga dron quladi. RF hukumati bu hujum oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
- The Washington Post: AQSh razvedkasi Ukraina yozgi qarshi hujumning asosiy maqsadiga erisha olmaydi va — Melitopolga yetib bora olmaydi deb hisoblamoqda.
- AQSh Ukrainaga Daniya va Niderlandiyadan F-16 samolyotlari yetkazib berishni ma’qulladi.
- G‘alla kelishuvi bekor bo‘lganidan buyon ilk bor Odessadan chiqqan yuk kemasi Rossiya zarbasi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarni chetlab o‘tgan holda Istanbulga yetib keldi.
- CNN: Bayden ma’muriyatidagi ayrim harbiylar va mulozimlar ukrainlarning Qrim bo‘ylab zarbalariga skeptik yondashmoqda. Ular buni qimmatbaho resurslarni behuda sarflash deb hisoblamoqda.
- The New York Times nashri AQSh razvedkasiga tayanib yozishicha, Rossiya-Ukraina urushida har ikki tomondan jami 500 mingga yaqin inson halok bo‘lgan va yaralangan: Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 300 ming kishiga yetgan. Bundan 120 ming askar halok bo‘lgan, 180 ming kishi yarador bo‘lgan; Ukrainaning yo‘qotishlari 70 ming qurbon va 120 ming yarador, deya baholanmoqda.
Moskva-Sitiga dron qulashi
18 avgustga o‘tar kechasi Moskva markazida, «Eksposentr» hududida dron qulab tushdi. Shahar meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchar qurilma Moskvaga kirishda havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. «Uchuvchisiz uchar qurilma parchalari „Eksposentr“ hududiga qulab tushdi, binoga jiddiy vayrongarchilik yetkazilmagan», — deya yozdi Sobyanin telegram-kanalida. Rasmiylar jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan.
RF mudofaa vazirligidagilar ertalabki soat to‘rt atrofida Ukraina dron orqali Moskva shahri va Moskva oblastidagi obektlarga «navbatdagi terrorchilik hujumi» amalga oshirmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan.
«Havo hujumidan mudofaa tizimi vositalari ta’siridan keyin dron parvoz yo‘nalishini o‘zgartirdi va Moskva shahri Krasnopresnenskaya sohilidagi noturar joy binosiga quladi. Qurbonlar va yong‘in bo‘lmagan», - deyilgan RF mudofaa vazirligi bayonotida. Guvohlar tomonidan olingan videoda esa voqea joyida tutun ustuni ko‘tarilgani ko‘rinadi. Bundan tashqari, favqulodda xizmatlar RIA Novosti nashriga bir qavatli pavilonning 20 kvadrat metr maydondagi fasadi vayron bo‘lganini bildirgan.
Shamil Jumatov / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain harbiylari
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Anneksiya qilingan Donetsk shahri ma’muriyatiga ko‘ra, 18 avgust kuni shaharning Kiyev rayonida ilgari portlamay qolgan kassetali o‘q-dori portlab ketgan. Uch kishi halok bo‘lgan, ularning barchasi — mahalliy kommunal korxonasi xodimlari. Yana bir kishi yaralangan, uni shifoxonaga yotqizishgan.
Donetsk meri Aleksey Kulemzinning tasdiqlashicha, 18 avgust kuni soat 9:00 dan soat 21:00 ga qadar Ukraina QK shaharni 17 bor o‘qqa tutgan, jumladan kassetali o‘q-dorilar bilan ham. Donetskning Kiyev rayonida xususiy sektordagi sakkizta uy shikastlangan.
Iyul oyida AQSh Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni boshlagan va ukrain harbiylari ularni qo‘llashni boshlagandi. Human Right Watch huquq tashkiloti faollari harbiy harakatlarda bunday qurollar rossiyalik harbiylar tomonidan ham, ukrainlar tomonidan ham qo‘llab kelinishini aytadi. 2008 yilda yuzdan ortiq mamlakat kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani imzolagan, ammo bu davlatlar orasida Ukraina, AQSh va Rossiya yo‘q.
Luhansk yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar
Rossiyalik harbiylar Kiyevdagi matbuot anjumanida
18 avgust kuni Ukrainaning harbiy asirlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi rossiyalik harbiy asirlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Shtab vakili Petro Yatsenkoga ko‘ra, matbuot anjumanida qatnashgan asirlar saqlanuvchi lager Ukraina g‘arbida joylashgan. Yatsenko asirlikka tushgan oddiy askarlar «murakkab bo‘lmagan ishlar» bilan shug‘ullanishi, ofitserlar esa ishdan bosh tortishga haqli ekanini aytgan. Bundan tashqari, muvofiqlashtiruvchi shtabdagilar rossiyalik harbiy asirlarga Jyeneva konvensiyasi normalariga muvofiq munosabat ko‘rsatilishini aytishgan: ular uch mahal ovqat va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanadi, shuningdek diniy amallarini bajarishi mumkin.
2022 yil martida Human Righs Watch (HRW) huquq tashkiloti Ukraina hukumati rossiyalik harbiy asirlar so‘roq qilinishi aks etgan videolarni namoyish etishni to‘xtatishi kerakligini bildirgandi. O‘shanda HRW vakillari Jyeneva konvensiyasi asirlikka tushganlar jamoatchilik qiziqishidan himoyalashni talab etishini eslatgandi.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026