Jahon | 14:35 / 22.08.2023
18546
4 daqiqa o‘qiladi

Ko‘zini yo‘qotgan jangchining to‘yi va chernihivlik yarador bolalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 544-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyaning Chernihivga raketa zarbasi jabrlanuvchilari soni 181 nafarga yetdi (shundan yetti kishi halok bo‘lgan). Bundan oldingi ma’lumotlarda jabrlanganlar soni 156 nafarni tashkil qilishi aytilgandi.
  • «Proyekt» nashri aniqlashicha, Rossiya FVV rahbari Aleksandr Kurenkovning sirli rafiqasi bor — pravoslavlarning notijorat tashkiloti rahbari Yelena Milskaya. Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, u okkupatsiya qilingan hududlardan ukrain bolalarini Rossiyaga deportatsiya qilishga aloqador.
  • 21 avgust kuni Rossiya hududida beshta dron urib tushirildi: biri — Kaluga oblastida, ikkitasi — Moskva oblastida, yana ikkitasi — Belgorodda. Moskva atrofida dronlar qulashi oqibatida ikki kishi jarohat olgan. Ukraina razvedkasi Kaluga oblastiga hujumga aloqadorligini tasdiqlagan.
  • Rostov-na-Don aholisi ham portlashlar haqida xabar bergan. Gubernator buni samolyot tovushdan tez uchib o‘tgani bilan izohlagan, telegram-kanallarda esa havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgani haqida yozilgan.

Jangda ko‘zidan ayrilgan ukrainalik askarning to‘yi

21 yoshli Valeriya Kiyevdagi nikoh marosimida hujjatlarni imzolashda 24 yoshli qallig‘i Vlad Yeshchenkoga yordam bermoqda, u jang vaqtida ko‘zidan ayrilgan.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Chernihivga zarbadan keyin shifoxonaga tushgan bolalar 

Chernihiv bolalar hospitali bosh shifokori Tatyana Lebedeva bemorlarni ko‘rib chiqmoqda. Ukraina hukumatiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini 19 avgust kuni shaharga raketa zarbasi yo‘llashi oqibatida 15 bola jarohat olib, yana bir bola halok bo‘lgan. Shu kuni yaralangan bolalarning olti nafari Tatyana Lebedeva qaramog‘ida. Hujum vaqti jami 7 kishi halok bo‘lib, 181 kishi yaralangan.
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Bogdan rossiyaliklarning 19 avgust kungi hujumi chog‘ida yaralangan do‘sti Ilyani ziyorat qilish uchun keldi
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chernihiv bolalar hospitali yo‘lagi
Andre Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrain harbiylarining Donbassdagi pozitsiyasi

 

Ukraina QK 53-brigadasi harbiy xizmatchilari okkupatsiya ostidagi Donetskdan u qadar uzoqda bo‘lmagan oldingi chiziqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Ukrainalik jangchilar Donetsk yaqinidagi pozitsiyalarida dam olishmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar okopdan turib o‘t ochmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 53-brigadasi jangchisi tankka qarshi granatomyotdan rossiyaliklarning pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Xreshchatikda RF armiyasining o‘lja qilib olingan harbiy texnikalari

Mustaqillik kuni arafasida Kiyev shahri markazida Rossiya qo‘shinlarining yakson qilingan harbiy texnikalari ko‘rgazmasi tashkil etildi — jami 20 ga yaqin texnikalar. Yakson qilingan tanklar va RF armiyasining boshqa texnikalarini Kiyev markaziga olib kelish 20 avgust kuni boshlangandi. Rossiyaliklarning o‘lja qilib olingan harbiy texnikalari Ukraina poytaxtida o‘tgan yil avgustida ham namoyish etilgandi.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid