Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada vagnerchilar motami, Ukrainada mustaqillik bayrami. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 547-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Pentagondagilar Yevgeniy Prigojin katta ehtimol bilan halok bo‘lganini aytishdi. Vladimir Putin va Ramzan Qodirov ham vagnerchilar rahbari vafoti yuzasidan hamdardlik bildirgan.
- The Wall Street Journal gazetasi AQSh rasmiy shaxslariga tayangan holda, Prigojinning biznes-jyetiga bomba o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligini yozdi. G‘arblik mulozimlar fikricha, samolyotni yo‘q qilish buyrug‘i Putin tomonidan berilgan.
- Aleksey Navalniy Prigojinning samolyoti halokatini «Putin uyushtirgan terakt» deb atadi.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina samolyot halokatiga aloqador emasligini bildirdi. «Bunga kimning aloqasi borligini hamma bilib turibdi», — deya qayd etgan Ukraina prezidenti.
- Shot telegram-kanali tergovchilar samolyot shassisiga portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqidagi versiyani ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi. «VChK-OGPU» anonim kanali ma’lumotiga ko‘ra, ishda birinchi gumonlanuvchi paydo bo‘lgan — Prigojinning shaxsiy uchuvchisi Artem Stepanov.
- AQSh ukrain bolalar Rossiyaga deportatsiya qilingani tufayli «Artek» va Ramzan Qodirovning onasiga qarshi sanksiyalar qo‘lladi.
- Ukraina razvedkasi xabar berishicha, Qrim sohillari yaqinida qayiqlar va aviatsiya kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y bergan. Rossiya nashrlariga ko‘ra, ukrainalik diversantlar halok bo‘lgan.
- Rossiya qo‘shini Dniprodagi avtovokzalga raketa zarbasi yo‘lladi. O‘n kishi yaralangan. RF mudofaa vazirligi «Ukraina qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markazi»ga zarba yo‘llanganini ma’lum qildi.
Yevgeniy Prigojin o‘limi haqidagi xabarlardan keyin Rossiyada nimalar bo‘lmoqda?
23 avgust kuni kechqurun Tver oblastida Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan xususiy samolyot qulab tushdi: bortdagi o‘n kishining barchasi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari — ekipaj a’zolari edi. Rosaviatsiya ma’lumotiga ko‘ra, «Vagner» XHK rahbari ham yo‘lovchilar ro‘yxatida bo‘lgan. Prigojinning o‘limi hali ham rasman tasdiqlanmadi, samolyot halokatiga nima sabab bo‘lgani ham ma’lum emas — bunga samolyot bortiga bomba o‘rnatilgani yoki tashqaridan raketa zarbasi berilgani sabab bo‘lishi mumkin.
Marina Lysseva / Reuters / Scanpix / LETA
Dmitriy Lebedev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
Vladimir Nikolayev / AFP / Scanpix / LETA
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA
Putin va «Alesha» tanki ekipaji Kremlda
Mixail Klimentev / Sputnik / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi
24 avgustga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Donetskka zarba yo‘lladi, deb xabar bergan RT telekanali harbiy muxbiri Aleksandr Piskunov. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum vaqtida kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berilganda eshitiladigan tovushlar quloqqa chalingan. Vishnevskiy nomidagi shifoxona korpuslaridan biri va do‘kon shikastlangan. Donetsk shahrining Moskva tomonidan tayinlangan meri Aleksey Kulemzinga ko‘ra, hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘lgan. Ukraina tomoni Donetsk o‘qqa tutilishi yuzasidan izoh bermagan.
Dniprodagi avtovokzalga zarba oqibatlari
Mykola Miakshykov / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrainada Mustaqillik kuni qanday nishonlandi
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Frontning turli chekkalaridan suratlar





Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026