Jahon | 14:49 / 10.09.2023
30014
3 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi yaradorlar va Odessadagi miting. Urush suratlari

Ukrainada urushning 563-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Katta yigirmatalik» Ukrainadagi urush dunyodagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi, ammo Rossiyani qoralamadi. «Faxrlanadigan narsa yo‘q», — deya munosabat bildirdi bunga Kiyev.
  • Erdo‘g‘an G20 mamlakatlari yetakchilarini g‘alla kelishuvini tiklash uchun Rossiyaning shartlarini bajarishga chaqirgan, deya xabar bermoqda Bloomberg.
  • Hafta ichida ikkinchi bor Ruminiya hududiga rossiyaliklar droni quladi.
  • Baydenning ma’muriyati, katta ehtimol bilan Ukrainaga uzoq masofaga harakatlanuvchi ATACMS raketalarini yuboradi, deb xabar bergan ABC News.
  • Xalqaro atom energetikasi agentligi ekspertlari bir hafta ichida Zaporijjya AES atrofida 20 dan ortiq portlashni qayd etishgan.
  • Ukrainadagi urushda britaniyalik Jordan Chedvik halok bo‘ldi. Uni hovuzdan qo‘li orqaga bog‘langan holda topishgan.
  • Daniya muzeylari Leopard 1A5 tanklarini ukrain askarlarini o‘qitish uchun taqdim etdi.

Baxmut atrofidagi yaradorlar

Baxmut yaqinidagi «yaradorlarni barqarorlashtirish» punktida jang maydonidan evakuatsiya qilingan jangchini qabul qilayotgan shifokorlar. Foto: Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ularning 50 nafargacha yaradorni joylashtirish mumkin bo‘lgan punktiga asosan artilleriya zarbalari va mina portlashidan jabrlangan harbiylar keltiriladi.
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Baxmut atrofida og‘ir yaralangan jangchi
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Tibbiyot xodimlari front ortidagi hospitalga yuborishdan oldin yarador askarning holatini barqarorlashtirishga urinmoqda
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Odessadagi miting 

Odessa aholisi budjet pullari armiyaga yordam berish o‘rniga infratuzilma ta’miri uchun sarflanishiga qarshi aksiya o‘tkazdi
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Kiyevdagi kitob festivali

Kiyevda «Kitob — bu qurol» nomi ostida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Kateryna Mykhailova / Global Images Ukraine / Getty Images
Kateryna Mykhailova / Global Images Ukraine / Getty Images
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid