Jahon | 14:53 / 27.09.2023
15754
4 daqiqa o‘qiladi

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari va Baxmut atrofidagi yaradorlar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 580-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Odessa oblastiga dronlar bilan hujum qildi. Ukrain harbiylariga ko‘ra, 38 drondan 26 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Dunaydagi port infratuzilmasi, shuningdek Ukraina va Ruminiya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti shikastlangan. Ikki kishi yaralangan.
  • RF mudofaa vazirligi hay’at yig‘ilishida Qora dengiz floti qo‘mondoni, admiral Viktor Sokolov ishtirok etdi — 22 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari u RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi shtabiga zarba oqibatida halok bo‘lganini x abar qilgandi. Rossiya tomoni uning ishtirokidagi kadrni namoyish etganidan keyin, Ukraina tomoni Sokolov haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritilayotgani haqida xabar berdi.
  • Mahalliy madaniyat uyi xodimlari 25 sentabr kuni kechqurungi havo trevogasi chog‘ida sevastopolliklarni binodagi yerosti boshpanasiga kiritmagan. Anneksiya qilingan shahar rahbari Mixail Razvojayev buni «uchiga chiqqan tentaklik» deb atadi va masalani «qattiqqo‘llik» bilan hal etishni va’da qildi.
  • Ukrainadagi uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalarni ishlab chiqarish zavodi rossiyaliklar zarbasidan keyin xorijga ko‘chirildi.
  • Tergovchilar aniqlashicha, Polshada 2022 yil noyabrida ukrainlar raketasi qulagan, deb xabar berdi Rzeczpospolita. Dastlab bu raketa Rossiya tomonidan uchirilgani aytilgandi, ammo Rossiya qo‘shini raketa qulagan joydan ancha uzoq masofada bo‘lgani sababli bu ukrainlar raketasi bo‘lishi mumkinligi ham istisno etilmagandi.

Baxmut atrofidagi ukrain jangchilari

«Edelveys» nomli 10-tog‘-shturm brigadasi harbiylari Baxmut yaqinidagi pozitsiyalar tomon yo‘lga tushgan
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
Yarador ukrain askarlar o‘z pozitsiyalariga qaytishmoqda
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images
«Edelveys» brigadasi shifokorlari yarador harbiyga yordam ko‘rsatmoqda
Libkos / Getty Images
Libkos / Getty Images

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

26 sentabr tongida Rossiya qo‘shini Xersonni o‘qqa tutdi. Turar joy, avtomobillar va korxona binosi shikastlangan. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, kun davomida shaharda jami yetti kishi yaralangan.

Xersonlik kishi rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan uy yonidan o‘tmoqda
Ihor Pedchenko / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Kommunal xizmat xodimlari Xersonda raketa kelib tushgan joyda ishlamoqda
Ihor Pedchenko / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Ihor Pedchenko / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Lvivdagi yodgorliklar otishmalardan himoyalanishi

Polshalik shoir va XIX asrda Polshadagi milliy ozodlik harakati ishtirokchisi bo‘lgan Adam Mitskevichning haykali himoya konstruksiyasi bilan o‘rab qo‘yilgan. Sentyabr oyi o‘rtalarida YuNeSKO Kiyev va Lvivdagi Jahon merosi obektlarini «yo‘qolib ketish xavfi ostidagilar» ro‘yxatiga kiritgandi.
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Avliyo Georgiy sobori atrofidagi haykal
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Lviv markazidagi «Neptun» fontani himoya konstruksiyalari bilan o‘rab qo‘yilgan
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid