Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada himoyachilar kuni, frontda halok bo‘lganlar xotirlandi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 585-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya yana bir necha yillik urushga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qildi. Vazirlik 2024 yil uchun RF budjet loyihasiga asoslangan holda shunday xulosaga kelgan, Bloomberg agentligi aniqlashicha, budjetda harbiy xarajatlar miqdori keskin oshirilishi ko‘zda tutilgan.
- Bundan tashqari, Buyuk Britaniyadagilar Ukraina qurolli kuchlari harbiylarini o‘qitish joyini Ukrainaga yaqinroq joyga ko‘chirish rejasi haqida xabar bergan. Dmitriy Medvedev esa britan instruktorlari «qonuniy nishon» bo‘lishidan ogohlantirgan.
- Rossiya qo‘shini Ukraina hududi bo‘ylab dron va raketalar orqali hujum qildi. Ukraina tomoniga ko‘ra, 30 drondan 16 tasi urib tushirilgan. Urib tushirishning imkoni bo‘lmagan dronlar Cherkasi, Dnipropetrovsk, Mikolayiv va Xarkiv oblastlari bo‘ylab zarbalar bergan. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
- Rossiyaning Smolensk shahri meri Aleksandr Novikov shahar ustida beshta dron urib tushirilgnanini aytdi va aholini uydan chiqmaslikka chaqirdi. Smolensk oblastida uchuvchisiz uchar qurilmalar paydo bo‘lgani haqida RF mudofaa vazirligi sharhida ham keltirilgan.
- Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkov Shebekino shahridagi markaziy bozor o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy aholi vakillaridan uch kishi yaralangan.
- Ukraina bosh shtabi hisobotiga ko‘ra, dam olish kunlarida sharqiy va janubiy frontda harbiy harakatlar intensivligi jiddiy sur’atda oshgan: kun davomidagi harbiy to‘qnashuvlar soni qariyb ikki barobar ko‘p bo‘lgan. Shanba va yakshanba kunlari bunday janglar soni kuniga 44 va 38 taga yetgan, bungacha esa ko‘p kunlar davomida bu ko‘rsatkich 20 atrofida bo‘lardi.
- AQSh prezidenti Jo Bayden, kelgusi moliyalashtirish «so‘nggi daqiqalar»da Kongressning budjet bo‘yicha vaqtincha kelishuvidan tushib qolganiga qaramay, mamlakat Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etishini va’da qildi.
- Xarkiv meri Igor Terexov shaharda Ukrainadagi ilk yerosti maktabi qurilishini va’da qildi, unda bolalar havo trevogasi vaqtida ham o‘qishda davom etishi mumkin.
Xarkiv atrofida mina izlayotgan ko‘ngillilar
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining katta qismini tashlab ketganiga bir yildan oshiq vaqt bo‘lganiga qaramay, Ukraina nazoratiga qaytarilgan hududlarni minalardan tozalash ishlari juda sekin ketmoqda. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati fuqarolik muhofazasi departamenti rahbari Ivan Sokolning so‘zlariga ko‘ra, 12 ming kvadrat kilometr hudud, ya’ni Xarkiv oblastining uchdan bir qismi minalashtirilgan. Sapyorlar tomonidan eng ko‘p minalar Izyum va Chuhiyev rayonlarida topilmoqda. Sokolning ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida minalar portlashi tufayli tinch aholi vakillaridan jami 30 kishi halok bo‘lgan, 200 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainada vatan himoyachilari kuni
Les Kasyanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Les Kasyanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
Libkos / Getty Images
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / APA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Yevhen Kotenko / Reuters / Scanpix / LETA
Frontning turli chekkalaridan suratlar







Xarkivdagi ippoterapiya
Chris McGrath / Getty Images
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026