Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozadagi yangi qabrlar va Odessadagi kundalik hayot. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 491-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ramzan Qodirov urush bahonasida Rossiya prezidenti saylovini vaqtincha bekor qilish yoki uni faqat bir nomzod — Vladimir Putin ishtirokida o‘tkazishni taklif etdi.
- Nova Kaxovkada «Yedinaya Rossiya» partiyasining mahalliy bo‘limi kotibi Vladimir Malov halok bo‘ldi. Uning avtomobili portlatib yuborilgan.
- Slovakiya Ukrainaga harbiy yordam yetkazishni to‘xtatdi. Bu saylovlarda Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni va’da qilgan sobiq bosh vazir partiyasining g‘alabasidan keyin ro‘y berdi.
- RF qo‘shini Odessa oblasti bo‘ylab «Oniks» raketalari bilan zarba yo‘lladi. Turar joy binosi, pansionat va g‘alla ombori shikastlangan. To‘rt kishi jarohat olgan.
- AQSh Rossiyaga mikrochiplar yetkazib bergani uchun Xitoyning 42 kompaniyasi bilan savdo qilishni chekladi.
- Mayya Sandu «Prigojin jamoasi» Moldovada davlat to‘ntarishi urinishga tayyorgarlik ko‘rgani haqida aytdi.
- Ukrainada Mixail Fridman, Petr Aven va Andrey Kosogovning 17 milliard grivnalik aktivlari xatlandi.
Groza qishlog‘i qabristonida yangi qabrlar
5 oktyabr kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida, front chizig‘idan 35 kilometr masofada joylashgan Groza qishlog‘iga raketa zarbasi yo‘llagandi. Raketa frontda halok bo‘lgan harbiyning pominka (ma’raka) marosimi o‘tkazilayotgan kafega kelib urilgan. Natijada 52 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, olti kishi jarohat olgan. Bu zarba Groza qishlog‘i aholisining oltidan bir qismini hayotdan olib ketgan — bu yerda jami 330 kishi yashardi.
7 oktyabr kuni Grozada qurbonlarning dastlabkilarining dafn marosimi o‘tkazildi. Er-xotin Nikolay va Tatyana Androsovich dafn etildi. «Okkupatsiyadan omon chiqishgandi, endi esa zarbaga uchrashdi. Hali juda ko‘p odamni dafn etamiz», — degan «Suspіlne» nashri bilan suhbatda Nikolay Androsovichning do‘sti Volodimir.
Yakiv Lyashenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Odessa o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in
Foto: Odessa oblasti FVDX
Xarkiv markaziga zarba oqibatlari
Xarkiv oblastining Groza qishlog‘iga yo‘llangan raketa zarbasidan bir kun o‘tib Rossiya yana bir zarba yo‘lladi — Xarkiv shahrining o‘ziga. Oblast prokuraturasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan: 10 yoshli bola va uning 67 yoshli buvisi. 30 kishi jarohatlangan, ular orasida halok bo‘lgan bolaning ukasi bo‘lgan 11 oylik chaqaloq ham bor. Oblast rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, jarohat olgan 20 erkak va to‘qqiz ayolning aksar qismining jarohati og‘ir.
Zarba oqibatida ikkita ko‘p qavatli uy va uch qavatli bino shikastlangan. Shu bilan birga, bu zarba arafasida havo trevogasi e’lon qilingan. Ukraina QK havo kuchlari vakili Yuriy Ignatning «RBK-Ukraina» uchun bergan intervyusidan ma’lum bo‘lishicha, raketalar ballistik trayektoriya bo‘ylab uchgani sababli ularni oldindan payqashning imkoni bo‘lmagan.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Yakiv Lyashenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Yakiv Lyashenko / EPA / Scanpix / LETA
Belenke qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatlari
7 oktyabr tongida Zaporijjya rayonidagi Belenke qishlog‘i zarbaga uchradi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, rossiyalik harbiylar qishloqni kassetali snaryadlar bilan o‘qqa tutgan. Zarba natijasida 10 ta uy shikastlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belenkeda ikki kishi halok bo‘lgan — 46 yoshli ayol va 71 yoshli erkak. Yana ikki kishi yaralangan.
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rus ko‘ngillilar korpusiga yangi yollanganlar Kiyev yaqinidagi mashg‘ulotlarda
Rus ko‘ngillilar korpusi (RKK) — urushda Ukraina tomonida turib jang qilayotgan guruh. RKK vakillari guruh Ukraina qurolli kuchlari tarkibiga kirishini aytadi; Kiyevdagilar buni rasman tasdiqlamagan ham, inkor ham etmagan.
Rus ko‘ngillilar korpusi va Ukraina tomonida jang qiluvchi yana bir guruh bo‘lmish «Rossiya ozodligi» legioni yil boshidan buyon bir necha bor Rossiyaning chegara hududlariga reydlar va hujumlar amalga oshirgan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Odessadagi kundalik hayot
2023 yil iyul oyi o‘rtalarida Rossiya Ukraina g‘allasini Qora dengiz portlari orqali eksport qilish bo‘yicha kelishuvdan chiqqan va Odessa bo‘ylab zarbalar berishni boshlagandi. Xususan, 23 iyul kuni shahardagi eng yirik pravoslav ibodatxonasi vayron qilindi — Spaso-Preobrajyenskiy kafedral sobori.
5 oktyabr kuni, shahar muntazam ravishda o‘qqa tutilishi boshlanganidan bir necha oy o‘tganida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Odessa — «bu, albatta, rus shahri» va «biroz yahudiylarniki» ekani haqida gapirdi.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026