Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways Doha–Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
2024 yil mart oyidan Qatar aviakompaniyasining Doha-Toshkent-Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Qatar transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda Qatar ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Qatar Airways aviakompaniyasining Doha–Toshkent–Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.
Qatar tomoni hozirda ichki tartib-qoidalar tugallanayotgani va bu yo‘nalishdagi parvozlar 2024 yil mart oyi oxiridan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
14:04 / 04.03.2026
Dohada 500 nafardan ortiq o‘zbekistonlik mehmonxonalarda qolmoqda
09:50 / 22.01.2026
O‘zbekistonlik mergan Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdi
19:54 / 10.12.2025