Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmut uchun jang, Avdiyivkadan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 618-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Zelenskiy Ukraina QK maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonini almashtirdi.
- Isroil hukumati Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan e’tiborni Ukrainadagi urushdan chalg‘itishda foydalanayotganini ma’lum qildi.
- AQSh Ukrainaga 425 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etdi.
- Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab dronlar orqali yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Xarkiv oblastida dron o‘quv binosiga kelib tushgan.
- Belgorod oblasti Shebekino shahri o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi yaralandi.
- Pussy Riot a’zosi Petr Verzilov Bucha haqidagi postlari tufayli sirtdan sakkiz yarim yil muddatga hukm qilindi.
- «Rossiyaning istalgan fuqarosi hamisha vatanga erkin qaytishi mumkin». Kreml — Alla Pugacheva Rossiyaga kelgani haqida.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
3 noyabrga o‘tar kechasi RF qurolli kuchlari Shahed tipidagi kamikadze-dronlar bilan Ukraina hududini o‘qqa tutdi. Ukraina QK bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 14 ta uchuvchisiz uchar qurilma nishonga yetib borgan. Asosiy zarbalar Xarkiv shahri va Xarkiv oblasti hududiga to‘g‘ri kelgan: politsiya xabariga ko‘ra, regionda fuqarolik infratuzilmalariga rossiyaliklarning o‘nta droni hujum qilgan. Jabrlanganlar yo‘q, ammo xo‘jalik qurilmalari shikastlangan; shuningdek, bir necha joyda yong‘in chiqqan.
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Rasmiylarning ko‘ndirishlariga qaramay evakuatsiyadan bosh tortayotgan avdiyivkaliklar
Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Avdiyivka urushning qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan. 2022 yil fevraliga qadar ushbu aholi yashash manzilida 35 kishi yashagan bo‘lsa, hozirga kelib, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari - vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlar reintegratsiyasi vaziri Irina Vereshchukning so‘zlariga ko‘ra, shaharda mingga yaqin kishi qolgan. Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Barabashning tasdiqlashicha, Avdiyivkada birorta butun bino qolmagan.
Barabashning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi barchani evakuatsiya qilish imkonsiz, bunga qonun ham yo‘l qo‘ymaydi. «Har bir evakuatsiya maxsus amaliyotga o‘xshaydi. Birgina kishini olib chiqish uchun ham ko‘p sonli guruh harakat qilishi kerak. Odamlarni ketishga ko‘ndirish o‘ta qiyin, bizni [hukumat vakillarini] yuz martalab yuborishgan, ularning qarindoshlari bilan ham gaplashish kerak», — degan Barabash. 14 oktyabr kuni u Avdiyivkadan odamlarni olib chiqish uchun kelishilgan yo‘lak mavjud emasligini ma’lum qilgan.
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
«Da Vinchi bo‘rilari» batalyonining tibbiy xizmati
«Da Vinchi bo‘rilari» — Ukraina qurolli kuchlarining 2014 yilda shturm rota sifatida tashkil etilgan, hozirga kelib quruqlik qo‘shinlarining 1-alohida mexanizatsiyalashgan batalyoniga aylantirilgan qismi. Batalyon bu nomni o‘z komandiri — «Da Vinchi» laqabli ko‘ngilli Dmitro Kotsyubaylo sharafiga olgan, 2021 yilda The New York Times u Avdiyivkadagi ofisida qo‘lga o‘rgatilgan bo‘rini saqlagani haqida yozgandi. 2021 yilda Kotsyubaylo tirikligida Ukraina Qahramoni unvonini olgan ilk ko‘ngilliga aylangandi. U 2023 yil martida Baxmut uchun janglar vaqtida halok bo‘lgandi.
Hozirda «Da Vinchi bo‘rilari» Kupyansk ostonasida jang qilmoqda.
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari
Ukraina QK Bosh shtabi xabariga ko‘ra, Baxmut ukrain qo‘shini rossiyaliklarning pozitsiyalariga yurish qilayotgan yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. The Economist materialida Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tan olganidek, dushman mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘linmayapti — ammo bu urush davrida ikki tomon uchun ham ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu shaharni ozod etish Kiyevning strategik maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Vlada Liberovf / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
15:21 / 07.06.2026