Toshkent markazida yong‘in natijasida kuchli tutun yuzaga keldi
28 noyabr kuni ertalab Toshkentdagi Kosmonavtlar metrosi oldida yong‘in kelib chiqdi. Natijada Ichki ishlar vazirligi binosi atrofini tutun qoplagan.
Yaqin atrofdagi insonlar uylarini tark etgani aytilmoqda. Guvohlariga ko‘ra, yer ostida kabellar yongan bo‘lishi mumkin. Voqea joyiga bir nechta o‘t o‘chiruvchi mashinalar yetib kelgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’lum qilishicha, yuqoridagi vaziyatda 110/35/10 kV'li “Sayilgoh” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli kabel tarmog‘i shikastlangan.
Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar to‘liq boshqa tarmoqqa o‘tkazilgan. Rasmiylarga ko‘ra, hozirda elektr energiyasi ta’minotidan uzilishlar yo‘q, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Hodisa vaqtida atrofni quyuq tutun qoplab olgan.
Mavzuga oid
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda shifokor muolaja paytida mijoz ayolni o‘pib oldi
16:27 / 27.09.2024
Toshkentda “tosh tagidan xazina topgan” xavfli retsividist yana uzoq yilga qamaldi
09:13 / 27.09.2024