Iqtisodiyot | 18:22 / 20.12.2023
22667
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda 50 mingdan ortiq zaryadlash stansiyalari qurmoqchi

O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi institut va Henan Suda kompaniyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi keyingi 10 yil davomida butun O‘zbekistonni qamrab oladigan va 700 mingdan ortiq elektrokarga xizmat ko‘rsatadigan zaryadlash stansiyalari tarmog‘ini tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari MITI

15-16 dekabr kunlari Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoyning Henan Suda kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Institut matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv davomida O‘zbekistonda energiya tejamkor texnologiyalar va elektromobillarni quvvatlash qurilmalari hamda texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolangan.

Kelishuvga ko‘ra, 2033 yilgacha 14 ta hududda 70 dan ortiq markazlashtirilgan va 50 mingta markazlashtirilmagan zaryadlash stansiyalarini qurish hisobiga 700 mingdan ortiq elektr transport vositalarini quvvatlantirish nazarda tutilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid