17:09 / 26.12.2023
7828

Dori vositalarining narxini tartibga solish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi

«Adolat» sotsial demokratik partiyasining o‘rganishlariga ko‘ra, aksariyat dorixonalarda sotilayotgan tarkibi va xususiyati jihatdan bir xil bo‘lgan xorijiy va mahalliy dori vositalarining narxlari o‘rtasida katta tafovut bor. Xususan, ayrim mahalliy mahsulotlar chet davlatlarnikidan ancha qimmat sotilmoqda.

Bugungi kunda dorixonalarda sotilayotgan ayrim dori vositalarining narxlari qimmatligi ko‘plab fuqarolar, jumladan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu masala joriy yilning sentabr–noyabr oylarida «Adolat» SDP tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aksariyat dorixonalarda sotilayotgan tarkibi va xususiyati jihatdan bir xil bo‘lgan xorijiy va mahalliy dori vositalarining narxlari o‘rtasida katta tafovut borligi hamda o‘zimizning ayrim mahalliy mahsulotlar chet davlatlarnikidan ancha qimmatligi aniqlangan.

Natijada partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari hamda partiya ekspertlari ishtirokida mazkur masala muhokama qilinib, mas’ul idoralardan aholining dori bozoridagi narxlar tafovuti bo‘yicha haqli noroziliklariga nisbatan munosabat bildirishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

«Mamlakatimiz bo‘yicha dorixonalarda Hindistonda ishlab chiqarilgan «Tseftriakson» dori vositasining mahalliy varianti xorijnikidan 10 barobar, «Albumin» dori vositasi xorijdan keltirilganidan 5 barobar qimmat sotilmoqda», deyiladi deputatlik so‘rovida. 

Mavzuga oid
Top