Sport | 23:30 / 12.01.2024
13055
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi-2023. Amaldagi chempion turnirni yirik g‘alaba bilan boshladi

Osiyo kubogi-2023 ochilish o‘yini doirasidagi Qatar – Livan bahsi yakuniga yetdi.

«Lusayl» stadionida 70 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan bahsda mezbonlar turnirni yirik g‘alaba bilan boshladi. Amaldagi chempionlarning Osiyo kubogi-2019dagi so‘nggi goli muallifi Akrom Afif shu kuni turnirdagi ilk golga mualliflik qilgan bo‘lsa, o‘yin yakunida dublini rasmiylashtirdi. Yana bir golga musobaqaning 2019 yilgi eng yaxshi to‘purari Ali Almoez mualliflik qildi – 3:0.

Guruhdagi ikkinchi o‘yin 13 yanvar kuni Xitoy va Tojikiston o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo kubogi-2023. 1-tur

Qatar – Livan – 3:0
Gollar:
 Akram Afif 45, 90+6, Ali Almoyez 56.
Qatar: 22. Mash’al Barsham, 2. Pedro Korreya, 3. Ali Muxtor Al-Mahdi, 4. Muhammad Va’d Al-Bayati, 6. Abdulaziz Hotam, 9. Yusuf Abdurazzoq (Muhammad, 57), 10. Hasan Al-Haydos (Tariq, 57), 11. Akrom Afif, 12. Lukas Mendes, 19. Almoez Ali (A’lo, 78), 20. Ahmad Abdulla.
Livan: 21. Mustafo Matar, 4. Nur Mansur, 5. Nassar, 6. Husayn Zayn, 7. Hassan Ma’tuk (Xelve, 70), 10. Muhammad Haydar, 12. Robert Aleksandr, 16. Volid Shuur, 18. Qosim Az-Zayn, 20. Ali Tneich, 22. Bassel Jradi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid