Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Parvozlar iyun oyidan boshlanishi va haftasiga to‘rt marta amalga oshirilishi aytilmoqda.
Qatar davlatiga tegishli Qatar Airways aviakomaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz 2024 yil 2 iyunga belgilangan. Qatnovlar haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, bosh qarorgohi Doha shahrida joylashgan Qatar Airways Qatarning milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq yo‘nalishlarga parvoz qiladi.
Qatar Airways ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va Skytrax tomonidan yetti marta "Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi" deb topilgan.
Mavzuga oid
21:50 / 09.05.2026
O‘zbekistonliklar "Qatar Airways"ga ishga olinadi
17:31 / 02.06.2024
Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
10:13 / 28.10.2023
Qatar Airways Doha–Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
15:32 / 24.06.2023