Iqtisodiyot | 09:10 / 22.02.2024
10996
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi 

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi. Eksport hajmi – 3,3 mlrd dollar.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,5 mlrd hamda 1,4 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

—  Turkiya – 1,2 mlrd;
—  Afg‘oniston – 857 mln;
—  Qirg‘iziston – 632 mln;
—  Tojikiston – 605 mln;
—  Fransiya – 392 mln;
—  Pokiston – 269 mln;
—  BAA – 262 mln AQSh dollari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid