Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi bolalardan birini urib, haqoratladi
Tarbiyachi yosh bolani ota-onalarga tashlash uchun video qilayotganida xalaqit berganlikda ayblab bir necha tarsaki tushirgan. Holat prokuratura tomonidan tekshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-bog‘chada tarbiyachi ayol bolalardan birini urib, uni haqorat qilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ayol yosh bolaga bir necha tarsaki tushirgan va shu jarayonda unga “Nega sen maymunga aylanyapsan, hammani kuldirib? Men bu yerda ota-onalarga tashlash uchun video qilyapman, sen nega maymunga aylanyapsan? Jim o‘tirlaring dedim, senga tort yo‘q”, degan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
10:11 / 06.02.2026
O‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 5+1 dual tizimda oliy ma’lumot oladi
11:45 / 24.01.2026