Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Navoiyda Tatariston bilan qo‘shma sanoat maydonlari tashkil etiladi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Nodirjon Qosimov Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixonov tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, shu jumladan talabalar almashinuvi va kadrlar tayyorlash, shuningdek, Chirchiq va Jizzaxda amalga oshirilgan loyihalar hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida qo‘shma sanoat maydonlarini tashkil etish va boshqalar masalalar yuzasidan fikr almashildi.
46 yoshli Nodirjon Qosimov Qozonga bosh konsul etib tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.
Nodirjon Qosimov 2018-2023 yillarda bosh konsulxonani boshqargan va Erondagi elchi etib tayinlangan Fariddin Nasriyev o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
08:59 / 20.05.2026
Qozondan bemor o‘zbekistonlik fuqaro vatanga olib kelindi
10:14 / 13.04.2026
Valdaydagi Putin qarorgohi atrofida havo hujumidan mudofaa kuchaytirildi
13:41 / 02.12.2025
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
19:45 / 15.06.2025