O‘zbekiston | 21:04 / 08.09.2024
7611
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillari qolmagani ta’kidlanmoqda.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vakillari tomonidan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari yo‘q bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Qayd qilinishicha, aksariyat bolalarning ota-onasi muqaddam Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzganligi sababli deportatsiya qilingan. Bosh konsulxonada bolalar uchun qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlariga topshirilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid