Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan bola O‘zbekistonga olib kelindi
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qiyin vaziyatga tushib qolgan bola O‘zbekistonga olib kelindi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabariga ko‘ra, 12 sentabrda xorijda ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bir nafar bola mamlakatga qaytarib olib kelindi. Agentlik hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlarining ko‘magi ostida Rossiyadan Toshkentga olib kelingan bola buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan endilikda ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan va qaytarilishi rejalashtirilgan voyaga yetmagan bolalar olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytarish va jamiyatga ijtimoiylashuvini tashkil etish bo‘yicha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026