Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston delegatsiyasining joriy yil 8-11 sentabr kunlari Futszyan provinsiyasi Syamen shahrida bo‘lib o‘tgan yigirma to‘rtinchi Xitoy investitsiya va savdo xalqaro yarmarkasida (CIFIT) ishtiroki tashkil etildi.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, mamlakat Bosh konsulxonasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlari vakillari birgalikda mazkur yarmarka maydonida mamlakat investitsiyaviy va turizm salohiyatini hamda eksportbop mahsulotlarni namoyish etish maqsadida alohida pavilon tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Xiamen Jinming Energy kompaniyasi va Andijon viloyati delegatsiyasi o‘rtasida "Chiqindilardan energiya ishlab chiqarish" investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Tomonlar joriy yil oktyabr oyida ushbu kompaniya vakillarining Andijon viloyatiga biznes-missiyasini uyushtirishga ham kelishib oldilar.
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida, shuningdek, Chinese companies go Global va boshqa investitsiyaviy hamkorlik forumlarida mamlakat investitsiya, turizm salohiyati va Andijon viloyatida xorijiy tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026