Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qozog‘istondan bug‘doy, pomidor va qovun olib kirishni chekladi
Rosselxoznadzor xabar berishicha, bu qaror Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmagani sababli qabul qilingan.
2024 yil 17 oktyabrdan boshlab Rosselxoznadzor Qozog‘iston Respublikasidan Rossiyaga bug‘doy, yasmiq, pomidor, qalampir va qovun olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Rosselxoznadzorning tegishli qarori idora saytida e’lon qilindi.
«2024 yil 17 oktyabrdan Rossiya Federatsiyasi hududiga Qozog‘iston Respublikasidan: bug‘doy (yumshoq va qattiq), yasmiq, moyli zig‘ir urug‘lari, pomidor, qalampir, qovun olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritilsin, g‘alla tranziti bundan mustasno», - deyiladi hujjatda.
Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘iston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash maqsadida choralar ko‘rilmagani sababli shunday qaror qabul qilingan. «Rosselxoznadzor Qozog‘iston tomonini, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarning vakolatli organlarini, shuningdek, Rossiyaning manfaatdor federal ijroiya organlarini qaror haqida xabardor qildi», — deyiladi xabarda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon Qozog‘istondan Rossiyaga kirib kelayotgan mahsulotlarda YeOIIga a’zo davlatlar uchun karantin toifasiga kiruvchi 215 ta holat aniqlangan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan to‘rt baravar ko‘pdir.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025