Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel BMTning Livandagi missiyasi kuchaytirilishini istisno etmadi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Sinvarning o‘ldirilishidan Yaqin Sharq mintaqasida o‘t ochishni to‘xtatish uchun foydalanishga chaqirdi. UNIFIL tinchlikparvarlik missiyasi BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan kengaytirilishi mumkin, deb hisoblaydi Borrel.
Falastinning Hamas harakati yetakchisi Yahyo Sinvarning G‘azo sektorida isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 19 oktyabr, shanba kuni Neapolda «katta yettilik» mudofaa vazirlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Sinvarning o‘ldirilishidan so‘ng yangi istiqbol ochildi va biz undan o‘t ochishni to‘xtatishga erishish, qolgan (isroillik) garovga olinganlarni ozod qilish va siyosiy istiqbolni topish uchun foydalanishimiz kerak», — deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Yevropa diplomatiyasi rahbari UNIFIL tinchlikparvarlik missiyasi BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan kengaytirilishi mumkin, deb hisoblaydi.
Nemis harbiy kemasi Livan qirg‘oqlari yaqinida dronni urib tushirdi
17 oktyabr kuni soat 7.00 lar atrofida BMTning UNIFIL qo‘shinlari tarkibida Livan qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Germaniyaning Ludwigshafen am Rhein korveti yaqinlashib kelgan dronni qaytardi. Bu haqda dpa agentligi Bundesver qo‘mondonligi vakili ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Dron mojaro ishtirokchilaridan birortasiga tegishli ekanligi ma’lum qilinmagan, biroq uning qismlari allaqachon dengizda topilgan va hozirda Germaniya harbiylari tomonidan tekshirilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchish apparati Naqurahdan (Livan janubidagi kichik shahar, 1978 yildan buyon u yerda BMT kuchlari joylashgan) shimoli-g‘arbda foydalanilgan va qirg‘oqdan ancha uzoqda bo‘lgan holda kemaga yaqinlashgan.
Mavzuga oid
15:59 / 19.11.2024
Borrel: YeI davlatlari UQKga Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini muhokama qiladi
01:00 / 19.11.2024
Borrel AQSh Kiyevga 300 kilometrgacha bo‘lgan masofada Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
10:30 / 31.10.2024
Borrel: YeI RFdagi siyosiy qatag‘on qurbonlarini unutmaydi
14:00 / 30.10.2024