Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika HDK sakkiz tonnadan ortiq narkotikni musodara qildi
Meksika harbiy-dengiz kuchlari Tinch okeanida rekord darajadagi 8,4 tonna giyohvand moddalar musodara qilingani haqida xabar berdi. U deyarli 100 million yevroga baholanmoqda.
Meksika harbiy-dengiz kuchlari 19 oktyabr, shanbaga o‘tar kechasi Tinch okeanida o‘z tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar jo‘natmasining qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Xabarlarga ko‘ra, uning og‘irligi taxminan 8,4 tonna va qiymati 2,099 milliard Meksika pesosidan (97 million yevro) oshadi.
Meksika armiyasining ma’lum qilishicha, mamlakat g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida giyohvand moddalar yukini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya davomida 23 kishi hibsga olingan. Moddalar oltita kichik qayiqda tarqatilgan, ulardan biri suv ostida bo‘lgan va bu dengiz flotining ishini qiyinlashtirgan. Ulardan tashqari, narkokartellar noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan kemalarda 8700 litrga yaqin yonilg‘i topilgan.
Meksikada giyohvand moddalarga qarshi urush
Meksika tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar 2007 yilda musodara qilingan. O‘shanda rasmiylar 23 tonna Kolumbiya kokainini musodara etishga muvaffaq bo‘lishdi.
AFP agentligining yozishicha, 2006 yildan buyon mamlakat hukumati armiyadan giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda foydalana boshlaganidan beri Meksikada 450 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Yana o‘n minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
08:48 / 23.05.2026
YeI Meksikaga 5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
22:14 / 20.04.2026