Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Eronning barcha bosh konsulliklari yopiladi
Bunga Eron maxsus xizmatlari Germaniya fuqarosi bo‘lgan Jamshid Sharmaxdni Dubaydan o‘g‘irlab ketgani va uni qatl qilgani sabab bo‘lgan.
Eronda Germaniya fuqarosi Jamshid Sharmaxd qatl etilgani sababli ushbu mamlakatning GFRdagi uchta bosh konsulligi yopiladi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Frankfurt, Myunxen va Gamburgdagi konsulliklar yopiladi. Eronning Berlindagi elchixonasi esa o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Tagesschau nashrining ma’lum qilishicha, konsulliklarning 32 nafar xodimi agar Germaniya fuqarosi bo‘lmasa, mamlakatni tark etishlari kerak bo‘ladi.
29 oktyabr kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Eronning Berlindagi muvaqqat ishlari vakilini chaqirtirgan edi. «Biz Eron rejimining harakatlariga keskin qarshilik protestini bildirdik va keyingi choralar ko‘rish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz», — deyiladi vazirlik xabarida.
Jamshid Sharmaxd Germaniya va Eron fuqaroligiga, shuningdek, AQShda yashash huquqiga ega bo‘lgan. Eron versiyasiga ko‘ra, u «Tondar» terrorchilik guruhiga rahbarlik qilgan va «Amerikadan turib Erondagi qurolli va terrorchilik hujumlarini boshqargan». Eron hukumati 2020 yil avgustda Sharmaxd qo‘lga olinganini e’lon qilgandi. U 2008 yil 12 aprelda Sherozdagi masjidning portlatilishiga aloqadorlikda ayblangan.
GFR Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron maxsus xizmatlari Sharmaxdni Dubaydan o‘g‘irlab ketgan. Mamlakat Oliy sudi 2023 yilda uni o‘limga hukm etgan. 2024 yil 28 oktyabrda sud hukmi ijro etildi.
Sharmaxdning AQShda yashovchi qizi Berlin va Vashingtonni o‘z otasini «asirlarni ozod etish bo‘yicha barcha muzokaralarda» chetda qoldirganlikda aybladi. U otasining jasadi AQShga qaytarilishini talab qildi.
Mavzuga oid
09:13
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026