Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
Ikki mutasaddi fuqarodan uni tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish evaziga pul olayotganda qo‘lga tushgan.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Uning ko‘rsatmasiga asosan davom etgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga ishga qabul qilishi evaziga o‘z xizmat xonasida kadrlar bo‘limi boshlig‘idan 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:58 / 09.06.2026
Toshkentda soliq inspektorlari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026