Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi 3700 dollar, Quvasoy shahri bo‘limi esa 3500 dollarni noqonuniy ayirboshlagan shaxslarni qo‘lga oldi.
Farg‘ona viloyatida valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Deparatment xabar bermoqda.
Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.A. fuqaro M.X.ga jami 3 700 AQSh dollarini 47,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, M.A. muqaddam JKning 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan sudlangan.
Yana bir holatda, Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayriboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro K.R. fuqaro K.Shga 3 500 AQSh dollarini 44,9 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026