YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili o‘z missiyasini yakunlamoqda
Terxi Xakala 2021 yilda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.
"Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida o‘z missiyasini yakunlayotgan Terxi Xakala xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Xakala xonimga O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqi bilan yanada faol aloqalariga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun minnatdormiz. Samarqand shahri kelasi yilda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammitiga mezbonlik qiladi".
Terxi Xakala 2021 yilda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan. U 2015-2021 yillarda ushbu lavozimda ishlagan Piter Burianning o‘rnini egallagan edi.
Mavzuga oid
17:13 / 05.01.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga olib chiquvchi yangi temiryo‘lni 2027 yilda ishga tushirmoqchi
12:05 / 05.01.2025
“Korrupsiyasiz” Qirg‘iziston, energetik mustaqillik va bloklangan internet - MO hafta ichida
11:35 / 03.01.2025
Siyosiy mahbus Gorinov Yevroittifoq mukofotiga nomzod bo‘ldi
14:15 / 29.12.2024