Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi
Bugun, 21 yanvar kuni Quyosh botganidan keyin Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptunning bitta chiziq bo‘ylab saf tortganini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bugun, 21 yanvar kuni Yer aholisi noyob astronomik hodisa — sayyoralar paradini kuzatishlari mumkin. Bu haqda ScienceAlert portal xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni Quyosh tizimidagi oltita sayyora bir vaqtning o‘zida tungi osmonda paydo bo‘ladi. Quyosh botganidan keyin Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptunning bitta chiziq bo‘ylab saf tortganini kuzatish mumkin.
Boku davlat universiteti mutaxassislarining ta’kidlashicha, ushbu sayyoralarning to‘rttasi — Venera, Mars, Yupiter va Saturnni oddiy ko‘z bilan kuzatsa bo‘ladi. Uran va Neptunni tomosha qilish uchun esa teleskop talab etiladi.
Sayyoralarning keyingi shu kabi paradi 2025 yil 28 fevralda bo‘lib o‘tadi — unda oltita sayyora safiga Merkuriy ham qo‘shiladi.
Sayyoralarning saf tortishi — astronomik atama bo‘lib, bunda ikki va undan ortiq sayyora Quyoshning bir tomonida to‘g‘ri chiziqda yoki bir-biriga yaqin 20-30 gradusli burchakda joylashadi. Sayyoralar paradi esa ushbu hodisaga beriladigan norasmiy ta’rif. Xususan, NASA o‘z nashrlarida «sayyoralar paradi» atamasini qo‘llaydi, shuning uchun bu nom ommaviy axborot vositalarida ham keng tarqalgan.
Astronomlarning ta’kidlashicha, sayyoralar illyustratsiyalarda namoyish etilganidek ideal holatda saf tortmaydi. Ammo ularni xayoliy zanjir bilan bog‘lash mumkin, chunki ular ekliptika bo‘ylab — Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar aylanadigan yuza bo‘ylab joylashadi.
Mavzuga oid
19:25 / 11.03.2026
Quyosh faolligi 2022 yildan beri eng past darajaga tushdi
22:21 / 03.08.2025
Quyoshda kuchli chaqnash ro‘y berdi
13:02 / 29.07.2025
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
21:37 / 14.05.2025