Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi
Jyeyms Harrison 81 yoshiga to‘lgunicha har ikki haftada bir marta qon topshirib kelgan. Uning qonida noyob anti-D antitanachasi mavjud edi.
Dunyodagi eng sermahsul qon donorlaridan biri vafot etdi. Uning plazmasi 2 milliondan ortiq chaqaloq hayotini saqlab qolishga yordam bergan.
Jyeyms Harrison Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi qariyalar uyida olamdan o‘tdi, deb xabar berdi BBC uning oilasiga tayanib. U 88 yoshda edi.
Avstraliyada uni “oltin qo‘lli inson” deb atashadi. Harrisonning qonida noyob anti-D antitanachasi mavjud bo‘lib, u homilador ayollarga ularning qoni hali tug‘ilmagan chaqaloqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hollarda beriladigan dorilarni tayyorlashda qo‘llanadi.

Avstraliya Qizil Xoch qon xizmati ma’lum qilishicha, Harrison 14 yoshida ko‘krak qafasidan jiddiy operatsiya qilinayotgan paytda unga ko‘p miqdorda qon quyilganidan keyin donor bo‘lishga ahd qilgan.
U 18 yoshida qon plazmasini topshirishni boshlagan va 81 yoshga to‘lguncha har ikki haftada bir marta qon topshirib kelgan. 2005 yilda Harrison topshirilgan qon plazmasi miqdori bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatib, bu unvonni 2022 yilgacha saqlab turgan.
Harrisonning qizi Treysi Mellouship otasi “hech qanday haq va og‘riqsiz shuncha odamning hayotini saqlab qolganidan juda faxrlanishini” aytdi.
Harrisonning qonida bu qadar ko‘p anti-D qanday paydo bo‘lib qolgani noma’lum — ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu unga 14 yoshida quyilgan qon bilan bog‘liq.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada 200 nafardan kamroq anti-D donorlari mavjud, ammo ular har yili taxminan 45 000 ona va ularning bolalariga yordam beradi.
Mutaxassislar Harrison va boshqa donorlarning qon va immunitet hujayralarini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish orqali anti-D antitanachalarni yetishtirish ustida ish olib bormoqda. Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida yaratilgan anti-D bir kun kelib butun dunyodagi homilador ayollarga yordam berishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026
Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: unga ozish tavsiya qilindi
21:07 / 11.05.2026