Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
“O‘zbekiston faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar 5 mln 625 ming so‘m miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi.
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun bilan “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishincha “O‘zbekiston faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar BHMning 15 baravari (5 mln 625 ming so‘m) miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi. Ilgari BHMning 5 baravari edi.
Shuningdek, ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
20:09 / 03.03.2026