Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiya xavfini aniqlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi
O‘zbekistonda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilishicha, 13 may kuni Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” asosida barcha hududlar tomonidan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratilgani, korrupsiyaning oldini olish, ayniqsa, maishiy korrupsiyaga barham berish, hududlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit yaratish maqsadida yangi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tuzilgan Respublika va hududiy ishchi guruhlarining vazifalari birma-bir ta’kidlab o‘tildi.

Jumladan, hududiy ishchi guruhlariga har haftada bevosita bitta hududga chiqqan holda korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan obektlarda korrupsiyaviy omillarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish topshirildi.
Respublika ishchi guruhi a’zolariga hududlarda amalga oshirilgan vazifalar ijrosini sifatli tashkil etishni nazorat qilish va har hafta joyiga chiqqan holda bajarilgan ishlarni o‘rganib, natijalari yuzasidan tanqidiy muhokamalar o‘tkazib borish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqish hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni tayyorlash belgilab olindi.

Yig‘ilishda barcha hududlarga ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish hamda hududiy ishchi guruhlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
16:01 / 02.06.2026