Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
Bilimli yoshlarni tizimli yo‘naltirib, jahondagi top-10 universitetlarga kirishini ta’minlash maqsadida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi boshlanadi. Dastur doirasida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab (“Harvardchilar maktabi”) tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, ular top-10 oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.
Xorijda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlarning atigi 1 foizi top-100dagi oliygohlarga kirgan. Vaholanki, top-10 bilan top-200dagi ta’lim narxi bir-biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi. Bu haqda prezident selektorida so‘z bordi.
“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Harvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda top-10 oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.
Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi.
Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQShning Harvard, Yyel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.
Mavzuga oid
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
13:38 / 21.05.2026