Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Joriy yilning 16 may kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 2027 yil 1 yanvargacha Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
- bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha – foyda solig‘ini;
- ijaraga berilgan obektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha – mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:55 / 27.02.2026
Surxondaryoda 18 ta parrandachilik kompleksi va 30 ta asalarichilik loyihasi ishga tushiriladi
16:00 / 13.10.2025
Elektrotexnika sanoatiga yangi imtiyozlar berilishi mumkin
11:27 / 27.06.2025
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi
19:11 / 23.06.2025