Jamiyat | 08:48 / 12.06.2025
2852
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar kechiktiriladi 

Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi HY271/272 reyslari o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi.

Texnik sabablarga ko‘ra, faqat 12 iyun kuni Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi HY271/272 reyslari kechiktiriladi va o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi.

O‘zgartirilgan jadval:

  • Toshkentdan uchish — 12:00, Istanbulga yetib kelish — 15:20;
  • Istanbuldan uchish — 16:30, Toshkentga yetib kelish — 23:00.

Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid