Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy banki O‘zbekistonga IT'ni rivojlantirish uchun 500 mln dollar ajratadi
Xitoy Eksport-import banki bilan telekommunikatsiya sohasida 500 million dollarga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi.
21 iyun kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Xitoy Eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayyuy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida amaldagi kelishuvlar ijrosi va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, jumladan, gidroenergetika obektlari qurilishi, qishloq xo‘jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xizmat qiluvchi loyihalar muhokama qilindi.
2002 yildan buyon Xitoy Eksimbanki bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3,2 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ta loyiha amalga oshirildi. Ular zamonaviy infratuzilma qurilishi, «yashil» energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarni qamrab olgan. Ayni paytda 1,9 milliard dollar qiymatidagi 2 loyiha amalga oshirilmoqda, 2,2 milliard dollar miqdoridagi 13 loyiha esa ko‘rib chiqilmoqda.

Uchrashuv yakunida telekommunikatsiya sohasida 500 million AQSh dollariga teng miqdorda qarz shartnomasi imzolandi. ISSV rahbari Laziz Qudratov loyiha tezkor va samarali amalga oshirilishining muhimligini ta’kidlab, IT sohasidagi loyihalarni Eksimbank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ijobiy natijalar berishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026