Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun’iy intellekt «qotil kosatka» murabbiyni o‘ldirgani haqida feyk video yasadi
Ijtimoiy tarmoqlarda dahshatli lavhalar aks etgan video tarqaldi va shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Jyessika Redkliff ismli murabbiyning tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kosatka tomonidan o‘ldirilishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Rolik tezda TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, biroq bir necha kundan so‘ng bu g‘irt feyk ekani ma’lum bo‘ldi.
Aslida hech bir rasmiy manbada bunday ismli qiz haqida ma’lumot yo‘q, yangiliklar arxivida ham fojia haqida xabar topilmaydi. Mutaxassislarning aniqlashicha, «shov-shuv» sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan: rolikda sun’iy intellekt ovozlari va eski kadrlar ishlatilgan bo‘lib, ular haqiqiy voqeaga o‘xshatib montaj qilingan.
Videoda hodisa Pacific Blue Marine Park akvariumida sodir bo‘lgani aytilgan. Bundan tashqari, «dramatik» tafsilot ham qo‘shilgan - go‘yo kosatkani hayz qoni hidi o‘ziga jalb qilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday tafsilotlar ko‘pincha tomoshabinlarning hissiy reaksiyasini kuchaytirish uchun soxta hikoyalarga qo‘shiladi.
Feyk lavha ijodkorlari ikkita haqiqiy fojiadan ilhomlangan bo‘lishi mumkin. 2009 yilda murabbiy Aleksis Martines Kanar orollaridagi Loro bog‘ida kosatka hujumidan keyin halok bo‘lgan edi. 2010 yilda SeaWorld Orlando akvariumi murabbiyi Doun Brancho boshqa bir kosatka tomonidan suv ostiga tortib ketilgandi. Bu hodisa «Qora suzgich» hujjatli filmi uchun asos bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.02.2026
MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
08:40 / 22.07.2025
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
16:05 / 25.06.2025