Iqtisodiyot | 07:42 / 16.08.2025
2411
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish dasturiga 200 million dollar jalb qilinadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;

- sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;

- bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.

Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid