O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
4108
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun 4 ta yo‘lo‘tkazgich quriladi

Foto: Yashnobod tumani hokimligi

Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 42–47 km qismida 4 ta zamonaviy yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Yashnobod tumani hokimligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Ohangaron shoh ko‘chasidagi bu inshootlar «aholining xavfsiz yurib o‘tishini ta’minlaydi, transport oqimini yaxshilaydi va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi».

Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari doirasida yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim «sog‘lom bo‘lmagan» daraxtlar, poytaxt ekologiya boshqarmasi ruhsati va nazorati ostida boshqa joyga ko‘chirilmoqda va o‘rniga yangi daraxtlar, ko‘chatlar ekilmoqda. Yangi ekilgan daraxtlar 3 yil davomida «muntazam sug‘orilib, parvarish qilinadi».

Loyihalar qiymati va moliyalashtirish manbasi haqida ma’lumot berilmagan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid