Jahon | 14:25 / 01.09.2025
2894
2 daqiqa o‘qiladi

KXShT yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Mashqlar «provokatsiyada ayblanmaslik» uchun Belarus hududi ichkarisida o‘tkazildi, dedi mamlakat Bosh shtab rahbari. Boshqa narsalar qatorida, harbiylar yadroviy qurolni amalda ishlatmasdan qo‘llashni rejalashtirishni mashq qiladi.

Foto: REUTERS

31 avgust, yakshanba kuni Belarusda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining «Vzaimodeystviye-2025», «Poisk-2025» va «Eshelon-2025» mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondan ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda.

RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarga 450 ta qurol va texnika, jumladan 9 ta samolyot va vertolyot, shuningdek, 70 dan ortiq turli xildagi dronlar jalb etiladi.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy buyrug‘i bilan mashg‘ulotlar mamlakat ichkarisida o‘tkazildi, deya ma’lum qildi Minsk. «Biz mashqlarni g‘arbiy va janubiy chegaralardan ataylab uzoqlashtirdik, toki bizni turli xil ig‘volar va ehtimoliy provokatsiyalarda ayblashmasin», — deya Belarus Bosh shtab boshlig‘i, general-mayor Pavel Muraveykoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».

Muraveykoning so‘zlariga ko‘ra, manyovrlar yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirishni o‘z ichiga oladi, ammo yadro qurolining o‘zi qo‘llanmaydi. «Biz, aytaylik, butun dunyoga, global xavfsizlikka tahdid soladigan narsadan foydalana olmaymiz. Lekin buni qanday rejalashtirishni o‘rganamiz», — dedi general-mayor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid