Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirliklarga «yuqoridan» ko‘rsatma kutmasdan qaror qabul qilishga ruxsat beriladi
Prezident farmoni bilan o‘z sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.
Vazirlik va idoralar o‘z vakolati doirasida, Vazirlar Mahkamasi yoki prezidentning ko‘rsatmalarini kutmasdan mustaqil ravishda me’yoriy hujjatlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda adliya vaziri Akbar Toshqulov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasida ko‘plab me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda, ularni ishlab chiqish va ijro etishda vazirlik va idoralarning roli past. «Demak, [ularning] mas’uliyati ham past bo‘ladi», dedi Toshqulov.
Ta’kidlanishicha, prezident farmoni bilan o‘z sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi beriladi.
«Vazirlik va idoralarning mas’uliyati o‘z sohasi bo‘yicha oshirilyapti. Ya’ni ularga hukumat qarori, prezident qarorini kutmasdan turib, o‘z sohasi uchun qaror qabul qilish vakolati berilyapti. Bu hukumatning 30 foiz ishini yengillashtiradi», dedi vazir.
Toshqulov so‘zlariga ko‘ra, vakolatlar taqsimlanadigan aniq yo‘nalishlar belgilangan.
«Vazirlar qaysi sohada qarorni o‘zi qabul qiladi, qaysi sohada hukumat qabul qiladi, qaysi sohada qonunlar bilan qabul qiladi. Bu, o‘z navbatida, vazirlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha siyosatni rivojlantirishga xizmat qiladi», deb qo‘shimcha qildi u.
Bunday hujjatlarni qabul qilish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillarini soddalashtirish, muddatlarini esa ikki baravar qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
16:44 / 21.02.2026
Amaldorlar daromadini deklaratsiyalash qonunini muhokamaga qo‘yish Adliya vazirligiga bog‘liq emasligi aytildi
21:27 / 30.12.2025