Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari 1 foizga qimmatladi
O‘tgan oyda uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 26 mingtani tashkil etib, iyul oyiga nisbatan 4,6 foizga kamaydi. Hududlar kesimida eng ko‘p bitimlar Sirdaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
2025 yil avgust oyi yakunlariga ko‘ra, uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 25 mingtani tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 4,6 foizga kamaydi, deya xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Hududlar kesimida eng ko‘p bitimlar Sirdaryo (34 foiz), Xorazm (29 foiz) va Surxondaryo (27 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Ikkilamchi uy-joy bozori
O‘zbekistonning ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar mo‘’tadil dinamikani ko‘rsatdi. Iyul oyida 1,7 foizlik oshishdan so‘ng, avgust oyida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha bozor narxi yana 1 foizga ko‘tarildi. Yillik hisobda esa ikkilamchi bozordagi narxlar 4 foizga o‘sgan.
Hududlar darajasida o‘tgan yil avgust oyidan buyon uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi Jizzax (14 foiz), Surxondaryo (17 foiz) va Sirdaryo (10 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat
Yillik hisobda avgust oyida ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar 2,3 foizga pasaydi. Shu bilan birga, poytaxtda birlamchi uy-joy narxlari bir yil ichida mo‘’tadil ravishda 0,7 foizga oshdi.
Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar 0,2%ga oshdi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarlarining eng sezilarli pasayishi Mirzo Ulug‘bek (-6,3 foiz), Yashnobod (-4,4 foiz) va Chilonzor (-4,6 foiz) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan birga, yangi qurilgan uy-joylar segmentida eng yuqori narx o‘sishi Mirobod (6,6 foiz), Yakkasaroy (3,6 foiz) va Olmazor (2,6 foiz) tumanlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
09:46 / 26.05.2026