O‘zbekiston | 13:47 / 15.09.2025
1087
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Islomobod yo‘nalishidagi parvozlar soni oshiriladi

Shu yil 28 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishidagi muntazam avia parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazadi.

2025 yil 28 oktyabrdan boshlab Uzbekistan Airways AJning "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishidagi muntazam parvozlar soni haftasiga ikkitaga yetkaziladi.

Ayni paytda Uzbekistan Airways AJ "Toshkent-Lahor-Toshkent" yo‘nalishida haftasiga ikki marta (chorshanba va juma kunlari), "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo‘nalishida esa haftasiga bir marta –shanba kuni parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Barcha yo‘nalishlarda havo kemalari yo‘lovchilar bilan to‘la holda uchmoqda, aviachiptalar esa reysdan bir necha kun oldin to‘liq sotilyapti. Shu bois, yo‘lovchilar talabini qondirish hamda mamlakatlar o‘rtasida transport aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida parvozlar soni oshirilyapti.

Yangi reyslar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlar hamkorligi hamda o‘zaro tashriflarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid