Jahon | 23:41 / 15.09.2025
23568
2 daqiqa o‘qiladi

Vladivostokda rossiyalik yoshlar O‘zbekiston fuqarolarini kaltakladi

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasiga va Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga nota yubordi.

Foto: Videodan kadr

Rossiyaning Vladivostok shahrida mahalliy yoshlar O‘zbekiston fuqarolarini kaltakladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘smirlar migrantlarni do‘pposlab, ularning ustidan kulib, haqorat qilganini ko‘rish mumkin. Holat ulardan biri tomonidan tasvirga olingan.

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli Yusup Kabuljanov hodisaga izoh berdi.

«Holat aniqlangan zahoti O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tashabbusi bilan jabrlangan fuqarolarimiz bilan tezkor aloqa o‘rnatilib, ularga zarur huquqiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, fuqarolarimiz tomonidan Vladivostok shahar Ichki ishlar boshqarmasiga rasmiy ariza topshirildi hamda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasiga va Primorsk o‘lkasi prokuraturasiga mazkur masala yuzasidan barcha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi haqida notalar yuborildi», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hodisa O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid